2024-yil 1-dekabrdan ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni faqat elektron shaklda amalga oshirish tartibi joriy etildi. “O‘zsuvta’minot”ga ko‘ra, nazoratchilarning uyma-uy yurib, to‘lovlarni yig‘ish va qarzdorlik qog‘ozlarini tarqatish jarayonlari to‘liq to‘xtatilgan.
Yangiyo‘l tumanida ichimlik suvidan noqonuniy foydalangan korxona rahbari 5 yil 1 oyga qamaldi. Uning firmasi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulangani oqibatida davlatga 295 mln so‘m zarar yetgan.
Toshkentning qator tumanlarida 5-sentabr-3-oktabr kunlari rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi sababli ichimlik suvi navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi. Hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi. Ro‘yxat.
“O‘zsuvta’minot” ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarga kredit bermaslik taklifi ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. O‘zbekistondagi 5 mln xonadonning 50 foizga yaqinida qarzdorlik mavjud.
“O‘zsuvta’minot” vakili O‘zbekistonda ichimlik suvi uchun ham ijtimoiy norma yo‘lga qo‘yilishi haqida gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, ham suv zaxirasi, ham suvni tejash nuqtai nazaridan yaqin kelajakda bunday reja yo‘q. “Hozircha qandaydir limit qo‘yishga hech qanday ehtiyoj mavjud emas”, — dedi u.
O‘zbekistonda yanvar-aprel oylarida ichimlik va oqova suv tizimlariga 2600 ga yaqin noqonuniy ulanish holati aniqlandi. Eng yuqori ko‘rsatkich poytaxt, Jizzax va Samarqand viloyatlarida qayd etildi. “O‘zsuvta’minot”ga ko‘ra, oqibatda jamiyat manfaatlariga 51 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Toshkentning 6 ta tumanidagi ayrim joylarda 20-may soat 09:00 dan 21-may soat 21:00 gacha ichimlik suvi bo‘lmaydi. Bu paytda rejali profilaktika ishlari amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda iste’molchilarning ichimlik suvidan qarzdorligi 1 trln so‘mni tashkil etmoqda. Shundan 740,5 mlrd so‘mi jismoniy, qolgani esa yuridik iste’molchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. “O‘zsuvta’minot” vakiliga ko‘ra, eng ko‘p qarzdor hududlar Toshkent shahri, Andijon va Toshkent viloyatlari hisoblanadi.
O‘zbekistonda aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 77 foizni tashkil etmoqda. 2024-yil yakunigacha ko‘rsatkich 81 foizga yetkazilishi reja qilinmoqda.
Toshkentning deyarli barcha tumanlarida 15-aprel-20-may kunlari rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi sababli ichimlik suvi navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi. Hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi. Ro‘yxat.
O‘zbekistonda iste’molchilarning ichimlik suvidan debitor qarzdorligi 954 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Bunda jismoniy iste’molchilarning qarzdorligi 767 mlrd so‘mni tashkil etsa, 186 mlrd so‘mlik qarzdorlik yuridik iste’molchilarning hissasiga to‘g‘ri kelyapti.
Namangan viloyatida ichimlik suvi ta’minoti aholi uchun 3500 so‘mgacha, oqova suv narxi esa 800 so‘mgacha oshirilmoqda. Bu haqda xalq deputatlari viloyat kengashi tomonidan qaror qabul qilindi.
Buxoro viloyatida 15-yanvardan sovuq suv va oqova suv xizmatlari narxi oshadi.
Qoraqalpog‘istonda 1 metr kub ichimlik suvi narxi aholi uchun 2900 so‘m, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun 5700 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, oqova suvi narxi ham oshdi.
Surxondaryoda ichimlik suvi ta’minoti loyihasining birinchi bosqichi ishga tushirildi. Mazkur bosqichda suv Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlariga yetib bordi. Viloyat aholisining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 70 foizga yetdi.
Prezident viloyat hokimlariga ichimlik suvi tannarxini pasaytirishni buyurdi. Endilikda suv ta’minoti bo‘yicha yangi loyihalar sharoitlar o‘rganilib, aholi rozili olinganidan so‘ng mahalliy kengashlarga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. Mablag‘, pudratchi va ishga tushirish sanalari ma’lumotlari e’lon qilib boriladi.
Qashqadaryo viloyatida fermer 13 yil davomida noqonuniy ravishda dalasini ichimlik suvi bilan sug‘orib kelgani aniqlandi. Yetkazilgan zarar miqdori 282,7 mln so‘mni tashkil etdi. U 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, davlatga yetkazilgan zararni ham qoplaydi.
Poytaxtda aholi uchun bir metr kub suv narxi 1400 so‘m, oqova suv narxi esa 1000 so‘m, yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi narxi 3000 so‘m oqava suv narxini esa 2200 so‘m etib belgilanishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda 2023-yil yakunigacha 1,1 mln aholi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulanadi. Prezident bu bo‘yicha “O‘zsuvta’minot”ga vazifa qo‘ydi.
Toshkentning barcha tumanlarida 11-sentabr-13-oktabr kunlari rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan ichimlik suvi navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi. Hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting